BIZ HAQIMIZDA2025-yil aprel oyidan boshlab "FIRE UNIVERSAL GROUP" kompaniyasining Oʻzbekistondagi filiali faoliyat yurita boshladi. Oʻzbekistondagi filial "FIRE CONTROL GROUP" nomi ostida faoliyat ko‘rsatadi. Kompaniya yong‘in xavfsizligi sohasida xizmat ko‘rsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan berilgan litsenziyani ham qo‘lga kiritgan.
Umuman olganda, kompaniya yongʻin signalizatsiyasi va himoya tizimlari, oʻt oʻchirgichlarni sotish, ularga texnik xizmat koʻrsatish va qayta toʻldirish, avtomatik yongʻin oʻchirish tizimlarini (suvli, gazli va koʻpikli) oʻrnatish va ularga xizmat koʻrsatish, videokuzatuv tizimlari, yongʻin shkaflari, gidrantlar va boshqa yongʻin oʻchirish aksessuarlarini sotish, ventilyatsiya, tutunni chiqarish va havo bosimini tartibga solish tizimlari, kirishni nazorat qilish tizimlari, evakuatsiya rejasi va loyihalash xizmatlari, shuningdek yoritiladigan yoʻnaltiruvchi belgilarni sotish bilan shugʻullanadi.
Koʻrsatilgan faoliyat sohalarida “FIRE CONTROL GROUP” MChJ oʻz mijozlariga Amerika, Yevropa va Osiyo kompaniyalarining eng yuqori sifat standartlariga javob beradigan mahsulotlarini taqdim etadi.
MAQSAD VA MISSIYAMIZ
Qisqa vaqt ichida faoliyat boshlagan bo‘lishiga qaramay,
“FIRE CONTROL GROUP” MCHJ bugungi kunda o‘z ishini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. Kompaniyaning asosiy maqsadi – mijozlar mamnuniyatini qozonishdir va bu vazifani ham muvaffaqiyat bilan bajarmoqda. Bunga asosiy sabab sifatida kompaniya rahbariyati va ishchi xodimlarining yuqori darajadagi tajribaga ega bo‘lishi ko‘rsatiladi.
Kompaniyaning asosiy missiyasi esa ushbu sohada yanada rivojlanish, fuqarolarimizni xavfsizlik borasida xabardor qilish, sifatli ish tamoyili bilan mijozlar ishonchini qozonish va katta loyihalar orqali yirik yutuqlarga erishishdir.
BIZNING XIZMATLARIMIZ
- Faoliyat sohasi: Yong'in signalizatsiya tizimlari
- Avtomatik yong'inni o'chirish tizimlari (suv, gaz va ko'pikli)
- Kamera tizimlari
- Yong'inga qarshi vositalar,yong'inni o'chirish uchun shkaflar, hidrantlar va boshqa aksessuarlar
- Shamollatish, tutunni yo'qotish va havo bosimini tartibga solish tizimlari
- Kirishni boshqarish tizimlari (to'siq, turniket, interkom)
- Loyiha va muhandislik xizmatlari