Ogohlantirish va ovozli kuzatib borish tizimlari
Ovozli e’lon (audio) tizimlari supermarketlar, savdo markazlari, ishlab chiqarish korxonalari, mebel salonlari, fitness va SPA markazlari, zavod va fabrikalar, ofislar, mehmonxonalar hamda boshqa turli obyektlarda katta ahamiyatga ega. Bu tizimlar nafaqat yoqimli musiqa tinglash uchun, balki e’lon berish, favqulodda holatlar haqida xabar berish va odamlarni evakuatsiya qilish vaqtida muhim axborot yetkazish uchun ham xizmat qiladi. Buning uchun obyektlarda o‘rnatilgan devor yoki shift tipidagi karnaylar orqali ma’lumot beriladi.
Ovozli e’lon tizimi devor va shift tipidagi karnaylar, kuchaytirgich (usilitel), mikrofon va boshqaruv (sozlash) qurilmalaridan iborat.