Yong'inga chidamli eshiklar

Yong‘inga chidamli eshiklar katta va ko‘p odam to‘planadigan inshootlarda qo‘llaniladi. Ayniqsa turar-joy binolari, biznes markazlari, zavodlar va shu kabi odamlar ko‘p yig‘iladigan joylarda yong‘inga chidamli eshiklardan foydalaniladi. Bu esa o‘z navbatida insonlarning xavfsiz va tartibli tarzda evakuatsiya qilinishiga imkon yaratadi.

Agar tabiiy ofat yuz bersa, odamlar vahimaga tushib, bir-biriga zarar yetkazishi mumkin. Masalan, yong‘in o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan juda xavfli tabiiy ofatlardan biridir. Yong‘inga chidamli eshiklar bunday holatlarda olovning tarqalishini oldini oluvchi muhim vosita hisoblanadi.