Qoʻriqlash signalizatsiyasi

Xavfsizlik signalizatsiya tizimlari turar joylar, ofislar va shunga o‘xshash obyektlarni tashqi aralashuvlardan himoya qilishga yordam beradi. Tadqiqotlarga ko‘ra, har 10 ta o‘g‘irlik holatining 9 tasi aynan xavfsizlik signalizatsiya tizimlari mavjud bo‘lmagan obyektlarda sodir bo‘ladi. Signal tizimi ishga tushganida, obyektga kirgan shaxs yoki shaxslar odatda o‘z harakatidan voz kechadi. Elektron xavfsizlik tizimlarimiz nafaqat o‘g‘irlik holatlariga qarshi, balki yong‘in, gaz sizib chiqishi, suv toshqini va sog‘liq bilan bog‘liq muammolar uchun ham samarali yechimlar taklif etadi.