Yong‘inni o‘chirishda avvalo yong‘in o‘chirgichlardan keng foydalaniladi.
Yong‘in o‘chirgichlar oson yetib boriladigan joylarda saqlanishi kerak.
Yong‘in o‘chirgichlarning turli xil turlari mavjud bo‘lib, ular yonuvchi moddaning turiga va sharoitga qarab tanlanishi lozim. Yong‘in sinflari quyidagilardan iborat:
A - sinf yong‘inlar: Qattiq materiallar (qog‘oz va qog‘ozga o‘xshash materiallar, yog‘och, ko‘mir, mato)
B - sinf yong‘inlar: Suyuqliklar (benzin, benzol, bo‘yoq, etil spirti va boshqa tez yonuvchi kimyoviy moddalar)
C - sinf yong‘inlar: Gazlar (metan, propan, suyultirilgan gaz, asetilen va tabiiy gaz)
E - sinf yong‘inlar: Elektr (elektr tarmoqlarida yuzaga keladigan yong‘inlar)
Quruq kimyoviy kukunli (ABC)
yong‘in o‘chirgichlar tarkibida natriy bikarbonat mavjud. U havodagi kislorodning yonayotgan moddaga yetib borishini to‘sadi.
QKK o‘chirgichlar deyarli barcha turdagi yong‘inlarda ishlatiladi. Ammo shuni bilish kerakki, ular ishlatilgandan so‘ng kukun qoldiqlari qoldiradi va ularni tozalash zarur.
QKK yong‘in o‘chirgichlar samaradorligi va narxi jihatidan juda qulay. Ammo yopiq joylarda ishlatilganda nafas olish organlariga zarar yetkazishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Ko‘pikli (AB)
yong‘in o‘chirgichlar tarkibidagi kimyoviy moddalar havo bilan reaksiyaga kirishganda karbonat angidrid hosil qiladi va u yonayotgan modda ustini qoplab oladi.
Bundan tashqari, ko‘pikning suyuq qismi bug‘lanib, issiqlikni yutadi va yonayotgan moddani sovitadi.
Ko‘pikli yong‘in o‘chirgichlardan elektr yong‘inlarida foydalanish mumkin emas.
Karbon dioksidli - CO2 (BCE) yong‘in o‘chirgichlar tarkibida karbon dioksid mavjud. U ko‘plab yong‘in holatlari uchun mos keladi va texnika hamda materiallarga zarar yetkazmaydi.
Karbon dioksid elektr o‘tkazuvchanligiga ta’sir qilmagani uchun undan elektr qurilmalarida va yuqori kuchlanishli tarmoqlarda yuzaga kelgan yong‘inlarda foydalanish mumkin.
Ballondagi siqilgan gaz foydalanish vaqtida kuchli sovitish effekti hosil qiladi, qisman quruq muzga aylanib, issiqlikning katta qismini o‘ziga singdiradi.
Ushbu o‘chirgichlardan rasmlar, kitoblar, gilamlar va boshqa qimmatbaho buyumlar mavjud joylarda bemalol foydalanish mumkin.
O‘chirgichdan chiqadigan gaz zaharli emas, ammo bo‘g‘ilish xavfini keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli yopiq joylarda ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur.